Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
SamDPIda “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ijodkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Event Spiritual and educational event
2025-11-17
6242

Samarqand davlat pedagogika institutiga “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida elimiz ardog‘idagi shoir va yozuvchilar — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari To‘lqin Hayit, Oydinniso Yo‘ldosheva va Safar Olloyorlar tashrif buyurishdi.

✔️ Dastlab mehmonlar institut rahbariyati vakillari bilan uchrashib, loyihaning maqsadi va ahamiyati yuzasidan fikr almashdilar. 

🌲 Uchrashuv davomida mehmonlar an’anaga aylangan ko‘chat ekish tadbirida ham ishtirok etdilar. Shundan so‘ng, loyiha doirasida talabalarga bilan uchrashuvlar tashkil etildi. 

Tadbir davomida, yozuvchi, publitsist To'lqin Hayit, shoira va tarjimon Oydinniso Yo'ldasheva hamda  shoir va jurnalist Safar Olloyorlar o'zlarining ijod yo'li, ilmiy izlanishlari, yaratgan asarlari, hayot yo'lida duch kelgan eng qiziqarli va foydali ma'lumotlarini talabalar bilan o'rtoqlashishdi. 

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow