Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Hurmatli talabalar!

Main page
2025-11-17
6062

Sizlarni Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etaman. Talabalik – inson hayotidagi eng faol, eng sermahsul va eng mas’uliyatli davrlardan biridir. Bu yillar sizga nafaqat chuqur bilim va mustahkam ko‘nikmalar, balki mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z yo‘lingizni topish imkonini beradi.

Bugungi kunda sizlarning izlanishlaringiz, yangilikka intilishingiz va tashabbuslaringiz yurtimizning kelajagini belgilab beradi. Har biringizning mehnatingiz, qat’iyatingiz va bilimga bo‘lgan chanqoqligingiz nafaqat o‘zingiz uchun, balki jamiyatimiz taraqqiyoti uchun ham muhim ahamiyatga ega.

Hurmatli yoshlar!

Sizga har bir bosqichda omad yor bo‘lishini, o‘qish jarayonidagi muvaffaqiyatlaringiz yanada yuksalishini, yangi g‘oyalar va katta marralarga erishishingizni tilayman. Talabalikning har bir kuni sizni orzularingizga yaqinlashtirsin, qilgan sa’y-harakatlaringiz esa kelajakda munosib natija bersin.

Siz bilan faxrlanamiz, sizga ishonamiz va sizning yuksak marralarni zabt etishingizga aminmiz.

Xalqaro talabalar kuni bilan! Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan, 
Shahzoda Negmatova
Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow