Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Yotoqxonada yashovchi talabalar holidan xabar olindi

Event
2025-11-13
6301

Pedagogika fakulteti dekani, dotsent Mahmud Ashurov 4-son talabalar turar joyida bo‘lib, talabalarning yashash sharoitlari bilan tanishdi hamda ular bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda talabalarning turar joyidagi ijtimoiy-ma’naviy muhit muhokama qilinib, talabalarga institutning odob-axloq kodeksi va ichki tartib qoidalariga qat’iy rioya etish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, talabalar tomonidan bildirilgan muammo va takliflar tinglandi. Ularni hal etish bo‘yicha fakultet dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar ishtirokida tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Shundan so‘ng, talabalarni kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o‘rganish maqsadida ularning yashash xonalariga tashrif buyurildi. Tashrif davomida yashash sharoitlari, isitish tizimlari, gigiyena holati hamda zarur jihozlar bilan ta’minlanish darajasi batafsil o‘rganildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow