Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
“Temurbeklar vorisi” maktabi o‘quvchilari SamDPI  laboratoriyalaridagi tajriba jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar

Event
2025-11-11
7029

“Yoshlar o‘rtasida ilm-fanni ommalashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi” ijrosini ta’minlash maqsadida Fizika kafedrasi tomonidan ilmiy laboratoriyalarda ochiq ko‘rgazmali darslar tashkil etish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Ushbu tadbirlar yoshlarning ilm-fanga qiziqishini oshirish, ularni amaliy tajribalar jarayoniga bevosita jalb etish hamda ilmiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Samarqand shahar “Temurbeklar vorisi” nomidagi harbiy maktabning 7–8-sinf o‘quvchilari Samarqand davlat pedagogika institutiga kelib, laboratoriyalardagi tajriba jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar hamda ayrim tajribalarni o‘zlari ham amaliy bajarib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow