Hoziroq biz bilan bog'laning: +998955000384

Follow
Yangiliklar
SamDPIda “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida profilaktik uchrashuv o‘tkazildi

Event
2025-11-11
6470

Samarqand davlat pedagogika institutida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida navbatdagi profilaktik uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Samarqand viloyati IIB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurash boshqarmasi mas’ul xodimi, katta leytenant Elbek Rabbimov, institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda profilaktika inspektori ishtirok etdi.

Uchrashuvda talabalarga internetdan xavfsiz foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, kiberjinoyatlarning oldini olish hamda onlayn muomala madaniyati bo‘yicha tavsiyalar berildi. Tadbir yakunida talabalarga mazkur mavzuga oid qo‘llanmalar tarqatildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo'ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling