Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Samarqand davlat pedagogika instituti STEAM laboratoriyasida “Fanlararo STEAM ta’limi: mentorlar uchun zamonaviy tayyorlov” kursi doirasida seminar-treninglar davom ettirilmoqda

Event
2025-11-08
6778

Joriy yil oktabr oyida mazkur kursning taqdimoti o‘tkazilib, institut rektori professor Shahzoda Negmatova tomonidan tegishli vazifalar belgilangan edi. Hozirda institutning turli kafedralaridan professor-o‘qituvchilardan iborat ishchi guruh shakllantirilgan bo‘lib, ularga kurs mashg‘ulotlari bosqichma-bosqich o‘tilmoqda.

Seminar-treninglarning asosiy maqsadi xorijiy tajribaga asoslangan STEAM ta’limi yondashuvlarini milliy metodikaga uyg‘unlashtirish hamda ularni amaliyotga samarali tatbiq etishdan iborat. Navbatdagi mashg‘ulotda “4K ko‘nikmalari (kreativ fikrlash, kommunikatsiya, hamkorlik va tanqidiy tafakkur) va ularni STEAM loyihalarida rivojlantirish” mavzusi muhokama qilindi va amaliy misollar asosida yoritildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow