Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Samarqand davlat pedagogika institutida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida navbatdagi profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.

Event
2025-11-07
6207

Tadbirda Samarqand viloyati IIB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimi Azamat Nasriddinov hamda institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari va profilaktika inspektori ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida talabalarga internetdan xavfsiz foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, kiberjinoyat turlari va ulardan himoyalanish choralarini ko‘rish, onlayn muomala madaniyati bo‘yicha batafsil ma’lumot va tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida talabalarga mazkur mavzuga oid tushunarli qo‘llanmalar tarqatildi. Ushbu materiallar ularga internet makonida ongli va mas’uliyatli harakat qilish ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow