Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Samarqand davlat pedagogika institutida “Rektor stipendiyasi” tanloviga start berildi

Event Сorruption
2025-10-29
6457

Samarqand davlat pedagogika institutida “Rektor stipendiyasi”ga nomzod talabalarni saralashning birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu bosqichda 28 nafar talabgor o‘zlarining ilmiy-innovatsion startap loyihalarini taqdim etdilar.

Baholash quyidagi mezonlar asosida amalga oshirildi:

🟢 G‘oyaning ilmiy va innovatsion yangiligi — 20 ball
🟢 Muammoning aniq yechimiga yo‘naltirilganligi — 20 ball
🟢 Mavjud analoglardan afzalligi — 20 ball
🟢 Amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar — 20 ball
🟢 G‘oya taqdimotining mukammalligi — 20 ball

Saralash natijasiga ko‘ra, 19 nafar nomzod ikkinchi bosqichga tavsiya etildi.

❗️ Eslatib o‘tamiz, saralashning ikkinchi bosqichida ishtirokchilar kamida bitta xorijiy tilni (MDH mamlakatlari tillaridan tashqari) bilish darajasi bo‘yicha baholanadi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow