Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
SamDPIda “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati va amaliyoti” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda

Сorruption Event Main page
2025-10-29
6167

Samarqand davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Samarqand shahar kengashi deputati Shahzoda Negmatova hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zebiniso Raxmanovalar ishtirokida Samarqand shahri “Bog‘isaroy” mahallasida istiqomat qiluvchi institut talabalari bilan “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati va amaliyoti” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining dolzarbligi, uning ta’lim sohasiga ta’siri hamda yoshlar ongida halollik va poklik tamoyillarini shakllantirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, talabalar tomonidan ilgari surilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularning fikrlari batafsil muhokama qilindi. Ayrim masalalarga esa joyida amaliy yechim topildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow