Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!

Event Spiritual and educational event
2025-10-17
6234

Samarqand davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti koordinatorlari tashabbusi bilan Samarqand tumanidagi imkoniyati cheklangan shaxslarga ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabida 21-oktabr — "O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun" munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmat va ehtirom yuksak ruhda ifoda etildi. O‘quvchilarga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida kuy va qo‘shiqlar ijro etildi. Institut psixologlari tomonidan o‘quvchilar uchun interaktiv treninglar tashkil etilib, ularning nutq madaniyati hamda ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Ona tilimiz — faxrimiz! Uning qadri har doim baland bo‘lsin!

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow