Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Samarqand davlat pedagogika instituti delegatsiyasi “Xalqaro inklyuziv kreativ industriyalar forumi”da ishtirok etdi

Event
2025-09-29
6261

Joriy yilning 25–29-sentabr kunlari Moskva shahrida ANO “Yevrosiyo” tashabbusi bilan “Xalqaro inklyuziv kreativ industriyalar forumi” bo‘lib o‘tdi.

ANO “Yevrosiyo” – xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, gumanitar hamda ta’lim loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, mazkur forum ham ushbu yo‘nalishdagi muhim tashabbuslardan biri hisoblanadi.

Nufuzli anjumanda Samarqand davlat pedagogika institutining 34 nafardan iborat delegatsiyasi ham faol ishtirok etdi. Ular forum doirasida o‘tkazilgan ochiq muloqotlar, hamkorlik uchrashuvlari, madaniy meros va milliylik ko‘rgazmalari hamda turli ijodiy loyihalarda qatnashdilar.

"МИФКИ" forumida turli sog‘liq imkoniyatlariga ega, Rossiya va MDH mamlakatlaridan 10 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan 1 000 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Tadbir nogironligi bo‘lgan insonlarni madaniyat orqali ijtimoiy hayotga faol jalb etish dasturi doirasida tashkil etildi.

Forum tashkilotchisi — ANO “Yevrosiyo”, asosiy hamkori esa “Oila uchun yordam” xayriya jamg‘armasi hisoblanadi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow