Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Talabalar startap va innovatsiyalar bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘lishdi

Event
2025-09-24
6895

Bugun Samarqand davlat pedagogika institutida “IT Park Samarqand” davlat muassasasi, Aloqa Ventures va “O‘zmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi vakillari hamkorligida “Startap nima va u nima uchun kerak?” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda startaplar uchun biznes inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarining mohiyati, g‘oya yaratish, biznes modelini shakllantirish, rivojlantirish yo‘llari, investitsiya jalb qilish hamda muvaffaqiyatli startap yaratish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Uchrashuvda innovatsion g‘oyaga ega yoshlar, startapchilar va tadbirkorlikka qiziqqan talabalar o‘z loyihalari bilan ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow