Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Qatag‘on qurbonlari xotirasi – abadiy ehtiromda

Spiritual and educational event Event Main page
2025-09-05
6929

Samarqand davlat pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova hamda tillar fakulteti talabalari qatagʻon qurbonlari xotirasini yod etish maqsadida Samarqand viloyati “Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi”ga tashrif buyurishdi.

Muzey xodimlari talabalar bilan qatag‘on davri tarixi, o‘sha davrda qurbon bo‘lgan vatandoshlarimizning hayoti va faoliyati haqida suhbatlashib, eksponatlar orqali tarixiy ma’lumotlarni atroflicha tushuntirib berishdi.

Uchrashuv davomida rektor: “Mustaqillik va ilm-ma’rifat yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimizni bilmasdan turib, bugungi hayotimizning qadriga yetish mushkul”, degan ezgu g‘oyani ta’kidladi.

“Muzeylarga tashrif haftaligi” doirasida institutning barcha fakultet talabalari uchun ham bunday ma’naviy-ma’rifiy ekskursiyalar izchil davom ettiriladi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow