Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Toyloqda “Mahoratli o‘qituvchi – millat tayanchi” shiori ostida IV-milliy forum bo‘lib o‘tdi

Spiritual and educational event Event Main page
2025-08-27
6891

Bugun Toyloq tumani Shopo‘lot madaniyat saroyida “Mahoratli o‘qituvchi – millat tayanchi” shiori ostida to‘rtinchi “Ustozlar milliy forumi” bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Toyloq tumani hokimi Bekzod Raxmatullayev, Samarqand davlat pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova, tuman hokimligi vakillari, fidoyi ustozlar, mahalla faollari, nuroniylar, institut professor-o‘qituvchilari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Forum ochilishida tuman hokimi Bekzod Raxmatullayev so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarni samimiy tabrikladi. O‘z nutqida ta’lim sifatini oshirish, pedagogik mahoratni yuksaltirish, zamonaviy o‘qitish metodlarini keng joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Tadbir davomida innovatsion loyihalar taqdimoti, ilg‘or pedagogik tajribalar almashinuvi, shuningdek, o‘z kasbiy faoliyatida yuksak natijalarga erishgan mahoratli o‘qituvchilarni taqdirlash marosimlari bo‘lib o‘tdi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow