Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
SamDPIda bitiruvchilar bandligini ta’minlash bo‘yicha Shtab yig‘ilishi o‘tkazildi

Main page
2025-08-27
6670

Bugun Samarqand davlat pedagogika institutida 2024/2025-o‘quv yili bitiruvchilarining bandligini ta’minlash va doimiy monitoringini olib borish masalalariga bag‘ishlangan Shtab yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda institut rektori Shahzoda Negmatova fakultet dekanlarining bitiruvchilar balansini shakllantirish hamda ularning bandlik monitoringini onlayn rejimda amalga oshirish borasidagi hisobotlarini tingladi.

Mazkur yo‘nalishda samarali faoliyatni tashkil etish, bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanishiga ko‘maklashish va zarur amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow