Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Rektor mahalladagi biriktirilgan yoshlar bilan uchrashdi

Main page
2025-08-25
5964

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan uyushmagan hamda jamiyatda o‘z o‘rnini topa olmayotgan yoshlarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida individual yondashuv asosida ishlash, mas’ul vazirlik va idoralarni biriktirish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur tashabbus doirasida Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, O‘zbekiston XDP Samarqand shahar kengashi deputati Shahzoda Negmatovaga “og‘ir” toifadagi ishsiz yoshlar bilan manzilli ishlash bo‘yicha yo‘l xaritasi belgilab berilgan. Unga ko‘ra, Jomboy tumanidagi “Beshbola” va “Qoramo‘yin” mahallalaridan jami 28 nafar yosh biriktirilgan.

Bugun rektor va deputat Shahzoda Negmatovaning “Beshbola” mahallasidagi ishsiz yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda har bir yosh bilan individual suhbat o‘tkazilib, ularning turmush sharoiti, muammolari va ehtiyojlari o‘rganildi. Bildirilgan masalalar ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Samarqand davlat pedagogika instituti

Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow