Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Yangi lavozim, yuksak ishonch muborak!

Event
2025-07-31
9338

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan Karimova E’zozxon Gapirjanovna O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga tayinlandi. 

Tayinlovga qadar E’zozxon Karimova Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining pedagogik ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, shuningdek, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimlarida samarali faoliyat yuritgan.

Mazkur yuksak ishonch va mas’uliyatli vazifada Sizga sog‘lik-salomatlik, bardavom kuch-g‘ayrat va ezgu maqsadlaringiz yo‘lida yorqin muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilaymiz.

Hurmat bilan,
Shahzoda Negmatova,
Samarqand davlat pedagogika instituti jamoasi nomidan 

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow