Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Biz hayotni tanlaymiz!

Spiritual and educational event YIBT Event
2025-06-25
6137

"26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni" munosabati bilan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida O‘zbekiston–Finlandiya pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan Ishtixon tumani yoshlari o‘rtasida “Biz hayotni tanlaymiz!” shiori ostida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

🧠 Mazkur bellashuvda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida xabardorlikni oshirish hamda yoshlarda ijtimoiy faollik va intellektual salohiyatni rivojlantirish maqsadida bilimdon yoshlar jamoalari ishtirok etdi.

🏆 G‘olib jamoalar institutning faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow