Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
“Ma’rifat karvoni” O‘zbekiston–Finlandiya pedagogika institutida

Spiritual and educational event Event Main page
2025-06-20
9074

O‘zbekiston–Finlandiya pedagogika institutida “Tamaddun, madaniyat va ma’rifat” mavzusiga bag‘ishlangan ilmiy-ma’rifiy “Ma’rifat karvoni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda institut rektori, professor Shahzoda Negmatova, Ma’rifat targ‘ibotchilari jamiyati a’zolari – tarix fanlari doktori, professor Narzulla Jo‘rayev, taniqli shoir Bobur Bobomurod, shuningdek, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdilar.

Dastlab Shahzoda Negmatova mehmonlarga minnatdorlik bildirib, “Ma’rifat karvoni” tashabbusining asosiy maqsadi hamda uning ma’naviy-ma’rifiy hayotdagi o‘rni haqida so‘z yuritdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘rtasida tarix, adabiyot va milliy o‘zlik mavzularida sermazmun suhbatlar bo‘lib o‘tdi. Professor Narzulla Jo‘rayev tarixiy ong va milliy tafakkur masalalariga oid chuqur tahlillari bilan tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otgan bo‘lsa, shoir Bobur Bobomurod zamonaviy adabiyotdagi izlanishlari, so‘z san’atining ta’sir kuchi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

Uchrashuv ochiq muloqot shaklida davom etdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.

Ushbu “Ma’rifat karvoni” tadbiri nafaqat muloqot maydoniga, balki fikr, ruh va qadriyatlar uyg‘unlashgan samimiy maydonga aylandi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow