Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Samarqandda “Xalqaro yozgi maktab – 2025” muvaffaqiyatli yakunlandi

Summer school
2025-06-14
7503

2025-yil 8–15-iyun kunlari O‘zbekiston–Finlandiya pedagogika instituti tashabbusi bilan “Samarqand: madaniyatlar, ma’rifat va ta’lim uyg‘unligi” mavzusida o‘tkazilgan "Xalqaro yozgi maktab" o‘z yakuniga yetdi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Rossiya, Tojikiston, Qirg‘iziston, Xitoy, Yaponiya, Finlandiya kabi davlatlardan kelgan pedagoglar, tadqiqotchilar, talabalar va mutaxassislar ishtirok etdi.

Dastur doirasida tarixiy yodgorliklarga ekskursiyalar, pedagogika va hunarmandchilik bo‘yicha mahorat darslari, ijodiy kechalar, madaniy va sport tadbirlari tashkil etildi. Ishtirokchilar o‘z loyihalarini taqdim etib, sertifikatlarga ega bo‘ldilar.

Yozgi maktab xalqaro madaniy muloqot, do‘stlik va ta’limiy hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim tashabbus bo‘ldi. Tashkilotchilar bunday loyihalarni kelgusida ham davom ettirishga kelishib oldilar.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow