Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti delegatsiyasi Perlis universitetida

International cooperation International Conference Event Main page
2025-05-22
7092

Bugun O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova boshchiligidagi delegatsiya Malayziyaning Perlis shahrida joylashgan Perlis universitetida bo‘ldi. Mehmonlarni universitetning Elektron muhandislik va texnologiya fakulteti professorlari – Dr. Anuar Mat Safar va Dr. Salina Asi kutib oldi.

Tashrif doirasida delegatsiya Perlis universitetining o‘quv ishlari va xalqaro hamkorlik bo‘yicha birinchi prorektori, professor Mohd Shukri bin Abdul Majid bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – “Oliy ta’lim muassasalarida akademik boshqaruv uchun kognitiv sun’iy intellekt chatbotini loyihalash va yaratish” nomli grant loyihasi doirasidagi o‘quv kursida ishtirok etish, shuningdek yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirishdan iboratdir.

Ushbu loyiha doirasida O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova, tillar fakulteti dekani Iroda Utayeva, aniq va amaliy fanlar fakulteti dekan o‘rinbosari Abror Inatov hamda institut tayanch doktoranti Dilshodbek Xudoyberdiyevlar tomonidan qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, shu kungacha amalga oshirilgan hamkorlik ishlari tahlil qilindi. Tomonlar amaldagi grant loyihasi doirasida yangi tashabbuslarni ilgari surish, o‘qituvchilarni xalqaro grant dasturlariga faol jalb etish hamda akademik mobillikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan kelishuvga erishdilar.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow