Hoziroq biz bilan bog'laning: +998955000384

Follow
Yangiliklar
Shahzoda Negmatova Sultan Idris universitetidagi “Inklyuziv ta’lim” va “Bolalarni rivojlantirish markaz”lari faoliyati bilan tanishdi

International cooperation International Conference Event Main page
2025-05-21
6799

Kunning ikkinchi yarmida Shahzoda Negmatova Malayziyada yagona bo‘lgan, Sultan Idris ta’lim universitetining individual dasturiga asoslangan “Inklyuziv ta’lim markazi” hamda universitet qoshidagi “Bolalarni rivojlantirish markazi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Alohida ta’kidlash joizki, bolalarni rivojlantirish markazida 3 oylik chaqaloqlardan boshlab maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarni parvarish qilish amaliyoti joriy etilgan. Ushbu markazda universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari oliygoh tomonidan ishlab chiqilgan metodikalarga asoslangan holda amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega.

Shuningdek, markazda universitet professor-o‘qituvchilarining farzandlari ham tahsil olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo'ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling