Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
O‘zbekiston–Finlandiya pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Malayziyaning Sulton Idris ta’lim universiteti taklifiga binoan ushbu oliygohda bo‘ldi

International cooperation International Conference Event Main page
2025-05-21
6063

Bugun kunning birinchi yarmida delegatsiya a’zolari Sulton Idris ta’lim universiteti rahbariyati vakillari — universitet prorektori, professor Dato‘ Dr. Md Amin bin Md Taff, xalqaro aloqalar bo‘yicha direktor, professor Dr. Ramlee bin Ismail, hisoblash va meta-texnologiyalar fakulteti dekani, professor Madya Dr. Maizatul Hayati binti Muhamad Yatim hamda universitet tahririyati rahbari Dr. Suliana Sulaiman bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida ilmiy tadqiqot ishlarini xalqaro ilmiy bazalarga kiritilgan jurnallarda chop etish uchun tayyorlash va nashr qilish, o‘qituvchilarni ilmiy stajirovkalarga yuborish hamda talabalar uchun akademik mobillik dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi va ushbu yo‘nalishlarda hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow