Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Xotira abadiy, ehtirom cheksiz!

Main page
2025-05-08
7194

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Samarqand shahar kengashi deputati, O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova “9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Samarqand shahridagi “Ilmobod” mahallasida istiqomat qiluvchi, uzoq yillar xalq maorifi va sport sohasida fidokorona mehnat qilgan O‘zbekiston va Ittifoq xalq maorifi a’lochisi, O‘zbekiston sport faxriysi Abduvaxob Muxtorovni bayram bilan muborakbod etdi. 90 yoshni qarshilagan faxriy o‘zining sermazmun mehnat yo‘li haqida so‘zlab, e’tibor va ehtirom uchun minnatdorlik bildirdi.

Shuningdek, mahallada yashovchi 2-darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni sohibi O‘ktam Asliddinovning holidan ham xabar olindi. Bayram munosabati bilan Abduvaxob Muxtorov va O‘ktam Asliddinovlarga esdalik sovg‘alari hamda tashakkurnomalar topshirildi. Tadbir davomida institut Yoshlar ittifoqi faollari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar barchaga manzur bo‘ldi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow