Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida “Turk tili markazi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi

International cooperation International Conference Main page
2025-04-29
7133

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida “Turk tili markazi”ning ochilishi O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi do‘stona aloqalar, ta’lim va madaniy sohalardagi hamkorlikning amaliy ifodasi bo‘ldi. Mazkur markazning tashkil etilishi institutda xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha yangi imkoniyatlarni yaratish, shuningdek, turkiy xalqlar o‘rtasidagi ilmiy-ma’rifiy hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri sanaladi.

Markaz ochilishida O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori professor Shahzoda Negmatova, Turkiyaning Ordu universiteti rektori professor Orhan Baş, Turkiya Respublikasining Samarqand shahridagi Bosh konsuli janob Salih Caner hamda boshqa rasmiy mehmonlar ishtirok etdilar.

Yangi markaz uchun Ordu Universiteti tomonidan 60 dan ortiq turk tiliga oid o‘quv va metodik adabiyotlar tuhfa etildi. Ushbu nodir manbalar markaz faoliyatining samaradorligini oshirish, talabalarning turk tilini chuqur o‘zlashtirishiga xizmat qiladi.

Yakunda mehmonlar markazda yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy o‘quv xonasi va ta’lim vositalari bilan yaqindan tanishdilar.

O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti

Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow