Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi

Сorruption
2025-04-15
7279

15-aprel kuni Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika institutida Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasining yetakchi mutaxassislari, institut rahbariyati, professor-oʻqituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirokida “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Tadbirda korrupsiyaning mazmun-mohiyati, uning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri va ijtimoiy hayotda yuzaga keltiradigan oqibatlari xususida atroflicha ma’lumotlar berildi. Mutaxassislar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy va axloqiy asoslari, bu illatga qarshi fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash zarurligi ta’kidlandi.

Davra suhbati qizgʻin savol-javoblar, ochiq muloqotlar ruhida oʻtib, talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi. Tadbir ishtirokchilarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, unga qarshi kurashish borasida faollikni oshirishga xizmat qildi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow