Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
"Ota-onalar va ustozlar bog'i"ga yangi ko'chatlar ekildi

Green space Eco-active students
2024-10-19
1156

O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rahbariyati vakillari, tyutorlar, institut Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti koordinatorlari, "Qalqon" jamoatchilik guruhi a'zolari va volontyorlar ishtirokida "Ota-onalar va ustozlar bog'i" ga ko'pyillik manzarali archa ko'chatlari o'tqazildi.
Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida ko‘chatlar ekilishi atrof-muhitni saqlash va yashil maydonlarni ko‘paytirishga qaratilgan muhim tashabbusdir. Bu loyiha nafaqat ekologik muammolarni hal qilishga, balki odamlarni tabiat bilan bog‘lashga ham yordam beradi. Ko‘chat ekish jarayoni, ayniqsa, talabalar o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish va yoshlarni birlashtirishda muhim ahamiyatga ega. 

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow