Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Institut rektori professor-o'qituvchilarga "Mehnat faxriysi" ko'krak nishonlarini topshirdi

Main page
2024-12-06
7334

O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova 8-dekabr - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida ishtirok etib, institut professor-o'qituvchilari va talabalarni ushbu sana munosabati bilan samimiy tabrikladi.

Tadbir doirasida Shahzoda Negmatova pedagogika kafedrasi professori Narziqul Shodiyev hamda milliy g'oya va falsafa kafedrasi professori Komil Haydarovga "Mehnat faxriysi" ko'krak nishonlarini topshirdi.

Eslatib o'tamiz, ushbu professor-o'qituvchilarimiz O'zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo'llab-quvvatlash "Nuroniy" jamg'armasi Vasiylik Kengashi qarori bilan "Mehnat faxriysi" ko'krak nishoni bilan taqdirlangan edi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow