Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Turkiyaning Ordu universiteti bilan hamkorlik yangi bosqichga koʻtariladi

International cooperation International Conference Main page
2024-12-04
7406

O‘zbekiston-Finlandiya Pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova Turkiyaning Ordu universiteti rektori, professor Orhan Bash boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Oʻzaro muloqot davomida ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko’tarish borasida qator masalalar muhokama qilindi. Xususan, magistratura va doktorantura yo‘nalishida tadqiqotchilar uchun qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish, xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarni birgalikda o‘tkazish, hamda professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi imkoniyatlarini kengaytirish masalalari bo‘yicha fikrlar almashildi. 

Uchrashuv davomida Ordu universiteti rektori Orhan Bash hamkorlikning ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lishini ta’kidlab, kelgusi rejalarga katta umid bilan qarashini bildirdi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow