Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
"Korrupsiyaga qarshi kurashish barchamizning burchimizdir" shiori ostida "Ochiq eshiklar kuni" o'tkazildi

Сorruption
2024-12-04
6263

O'zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida 9-dekabar - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan "Korrupsiyasiz soha" loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar to'g'risida keng jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida "Ochiq eshiklar kuni" o'tkazildi. 

Tadbirda institut rahbariyati, professor-o'qituvchilar, deputatlar, Samarqand viloyati IIB xodimlari, OAV vakillari, talabalar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Qatnashchilarga korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, komplayens-nazorat tizimining samarali usullari hamda institutda olib borilayotgan profilaktik tadbirlarning samarasi boʻyicha maʼlumotlar berildi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow