Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
22-noyabr – Xalqaro Psixologlar Kuni

Event
2024-11-21
3939

Ushbu sana munosabati bilan psixologiya kafedrasi va psixologiya ta’lim yo‘nalishi 106-guruh talabalari ishtirokida “Qalb shifokorlari” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Bayram dasturini psixologiya kafedrasi mudiri Umida Butayeva o‘zining samimiy tabrigi bilan ochib berdi. Tadbir davomida kuy-qo‘shiqlar, she’rlar, shuningdek, bugungi kundagi dolzarb psixologik muammolar yosh bo‘lajak psixologlar tomonidan sahna ko‘rinishlarida aks ettirildi.

Bu tadbir psixologiyaning jamiyatdagi o‘ta muhim o‘rnini yana bir bor namoyon etdi. Yoshlar tomonidan sahnalashtirilgan chiqishlar orqali psixologiya fanining inson qalbiga qanday ta’sir ko‘rsatishi, uning jamiyatdagi dolzarb masalalarni hal qilishdagi ahamiyati chuqur anglatildi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow