Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Obsessiv-kompulsiv buzilish bo’yicha onlayn seminar tashkil etildi

Event
2024-11-20
6102

Ozarbayjon tillar universiteti psixologiya kafedrasi va O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti psixologiya kafedrasi hamkorligida psixologiya ta'lim yo‘nalishi talabalari uchun obsessiv-kompulsiv buzilish mavzusiga bag‘ishlangan onlayn seminar tashkil etildi.

Seminarda O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti psixologiya kafedrasi mudiri Umida Butayeva “Obsessiv-kompulsiv shaxs buzilishi” mavzusida ma’ruza qildi. Tadbir davomida bu buzilishning sabablari, belgilari va davolash usullari haqida keng muhokamalar o‘tkazildi. Talabalar mavzu bo‘yicha o‘z qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar.

Bu kabi seminarlar ikki davlat psixologlari va talabalarining tajriba almashishi hamda ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow