Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Hurmatli shifokorlar va tibbiyot xodimlari!

Main page Event
2024-11-10
7209

Barchangizni Tibbiyot xodimlari kuni bilan chin qalbdan tabriklaymiz!

Shifokorlik – bu nafaqat kasb, balki katta ma’suliyat va mehr-muhabbat talab qiladigan hayotiy missiya. Siz har kuni insonlarning dardlariga malham bo‘lib, sog‘lom va baxtiyor hayot yo‘lida beqiyos hissangizni qo‘shyapsiz. Har biringizning mehnatingizga, bilim va tajribangizga tahsin aytamiz!

Sizning fidoyiligingiz tufayli ko‘plab odamlar hayotini davom ettirmoqda, oilalar baxtga to‘lib, jamiyatimizda sog‘liq muhofazasi tizimi yuksak darajada rivojlanmoqda.

Shifokorlik yo‘lini tanlab, insoniylik va g‘amxo‘rlikning eng yuqori namunalarini ko‘rsatganingiz uchun minnatdormiz.

Bunday yuksak mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda sizga sihat-salomatlik, uzoq umr, oilaviy baxt tilaymiz!

Hurmat bilan,
O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori
Shahzoda Negmatova!

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow