Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Rektor mahalla yoshlari bilan uchrashuv o'tkazdi

Event
2024-04-29
5382

     Davlatimiz rahbarining "O'zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida" gi PF-37-son Farmonining 1-bandida alohida ishlash talab etiladigan yoshlarni mas'ul rahbarlarga nomma-nom biriktirish amaliyoti joriy etilgan.

     Mazkur amaliyot doirasida O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova Samarqand shahridagi Sayqal, Ziyolilar, Ziyokorlar, Xo'ja Go'njoyish va Matonat mahallalarining yoshlari bilan uchrashuv o'tkazib, birinchi navbatda ularning bugungi kunda nima bilan band ekanligiga qiziqdi. 

     Shuningdek, kelgusida ularning bandligini ta'minlash, bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda hayotda o'z o'rnini topishga ko'maklashishga tayyor ekanligini bildirdi.

 

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati 

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow