Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
15-aprel – Sadriddin Ayniy tavallud topgan kun

Event
2024-04-15
3171

     XX asr o‘zbek va tojik adabiyoti taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli adib, olim va jamoat arbobi Sadriddin Saidmurodzoda Ayniy 1878 yilning 15 aprelida Buxoro viloyati, Gʻijduvon tumanidagi Soktare qishlog‘ida dunyoga kelgan.

     S.Ayniyning Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda yaratgan asarlari orasida to‘rt jildlik “Esdaliklar”i alohida ajralib turadi. “Esdaliklar”, “Sudxo‘rning o‘limi” qissalari, shuningdek, “Doxunda” va “Qullar” romanlari bolgar, nemis, polyak, venger, xitoy, fransuz, rumin, hind, chex va boshqa tillarga tarjima qilingan.

     S.Ayniy zukko olim, tarixchi va adabiyotshunos sifatida o‘zbek va tojik adabiyoti tarixi borasida salmoqli ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi. Uning O‘rta osiyolik buyuk shoir, olim va mutafakkirlar – Rudakiy, Sa’diy, Ibn Sino, Vasfiy, Bedil, Alisher Navoiy, Ahmad Donish kabi siymolar haqida yozgan ilmiy asarlari nihoyatda qimmatli. Ana shunday salmoqli tadqiqotlari uchun unga filologiya fanlari doktori ilmiy darajasi berilgan.

 

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow