Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
“Fin tilini oʻqitish markazi”da finlandiyalik oʻqituvchilar dars beradi

International Conference
2024-04-13
4258

     Finlandiyaning 12 ta oliy taʼlim muassasasidan 20 nafar professor-oʻqituvchi va talabalar Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti bilan tanishish, hamkorlikni kengaytirish maqsadida Samarqandga keldi.

     Uchrashuvda finlandiyalik professor-oʻqituvchilar institutda tashkil etilayotgan “Fin tilini oʻqitish markazi”ning qanday faoliyat yuritishi bilan qiziqdi. Ular markazning ilk faoliyat boshlaganida tinglovchilarga saboq berishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

     Ularga Finlandiyaning taʼlimdagi yutuqlari institutda  bosqichma-bosqich tatbiq etilayotgani haqida videolavha namoyish etildi. Oʻzaro muloqot davomida kelgusida amalga oshirish zarur boʻlgan loyihalar muhokama qilindi.

 

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow