Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Institutimiz professor-oʻqituvchilarining Qozon federal universitetidagi stajirovkasi boshlandi

International cooperation
2024-04-02
2330

     Ayni paytda ular universitetning psixologiya va ta’lim institutida oʻtkazilayotgan seminar-treninglarda qatnashmoqda. 

     Dastlab, dotsent Inna Golovanova "Разработка цифрового образовательного ресурса в вузе" mavzusida ma'ruza qilib, amaliyot jarayonida institut videostudiyasi bilan tanishtirdi. 

     Studiyada  taqdimotlarni videodarslarga tatbiq etish, videokontentlar yaratish, studiyadagi texnik jihozlardan to'g'ri foydalanish yuzasidan ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar amaliyot davomida videokontent yaratib ko'rishga harakat qildi.

     Ilg'or ta'lim texnologiyalari instituti direktori, dotsent Svetlana Kotenkova  "Электронная информационная образовательная среда современного вуза: организация, мониторинг, аналитика" mavzusidagi ma’ruzasida test topshiriqlarining turlari to'g'risida soʻz yuritib amaliy ishni tashkil etdi.

     Stajirovka davom etmoqda…

 

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow