Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Buyuk Britaniyaning Norwich instituti bilan hamkorlik aloqalari muhokama etildi

Event
2024-03-28
5118

     Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Akbar Safarov, xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Mahmud Jumayev hamda Buyuk Britaniyaning tillarga ixtisoslashgan Norwich instituti direktori Mayk Riley ishtirokida oʻzaro hamkorlik masalalariga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi.

     Muzokaralar davomida Mayk Riley institut haqida ma’lumot berib, ushbu hamkorlik ikki tomonlama manfaatli boʻlishini ta’kidladi. 

     Kelgusida institut professor-oʻqituvchilarining til koʻnikmasini oshirishda hamkorlik qilish, Norwich institutidan mutaxassislarni Samarqandga jalb etish kabi masalalar yuzasidan bir qator rejalar tuzib olindi.

 

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow