Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Finlandiyaning Turku universiteti bilan hamkorlik kengaymoqda

International Conference
2024-03-28
4413

     Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova boshchiligidagi institut jamoasi va Turku universiteti bosh menejeri Ari Koski ishtirokida istiqbolli loyihalar muhokamasiga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi.

     Muloqot davomida:
– May oyida oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan xalqaro konferensiyada Finlandiyalik mutaxassislar ishtirokini ta’minlash;
– Iyun oyidan boshlab Fin ta’lim tizimining yurtimizga integratsiyalashuvi yuzasidan onlayn seminar-treninglar tashkil etish;
– institutimiz professor-oʻqituvchilarining Finlandiyaga amalga oshiradigan navbatdagi safari;
– Finlandiyalik mutaxassislarning institutimizga tashrifi muhokama etildi. 

     Shuningdek, shu yilning sentabr-oktabr oylarida hamkorlikda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi.

 

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow