Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
SamDPIda “Jaholatga qarshi – ma’rifat” rukni ostida davra suhbati o‘tkazildi

Event
2026-03-16
5800

Samarqand davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakultetida “Jaholatga qarshi – ma’rifat” rukni doirasida talaba-yoshlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida “Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni” hamda “Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman” mavzulari yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur davra suhbatida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bo‘lim boshlig‘i Jonibek Jumayev ishtirok etib, talabalarga milliy qadriyatlarning jamiyat hayotidagi ahamiyati, sog‘lom diniy qarashlarni shakllantirish hamda yoshlarni turli yot g‘oyalar va ekstremistik oqimlar ta’siridan asrash masalalari yuzasidan muhim ma’lumotlar berdi.
Uchrashuv yakunida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil javoblar oldilar.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow