Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Samarqand davlat pedagogika institutiga Bishkek musiqa-pedagogika instituti delegatsiyasi tashrif buyurdi

International cooperation International Conference
2026-03-12
5556

Qirg‘iziston Respublikasining T. Ermatov nomidagi Bishkek musiqa-pedagogika institutining davlat tili va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektori Tamara Dildebek boshchiligidagi delegatsiya Samarqand davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi.
🔣 Uchrashuvdan asosiy maqsad Samarqand davlat pedagogika instituti hamda Bishkek musiqa-pedagogika instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, ta’lim va ilmiy faoliyat sohalarida istiqboldagi rejalarni muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.
✅ Tashrif davomida mehmonlar institutning aniq va amaliy fanlar, tabiiy fanlar hamda tillar fakultetlarida olib borilayotgan o‘quv jarayoni, shuningdek talabalar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow