Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Pedagogika fakultetida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.

Сorruption
2026-03-12
5639

Pedagogika fakulteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida fakultetda sog‘lom ma’naviy muhitni yanada mustahkamlash, korrupsiyaning oldini olish, diniy ekstremizm va terrorizm g‘oyalariga qarshi kurashish, shuningdek noqonuniy diniy materiallarni tayyorlash, saqlash va tarqatish holatlarining oldini olish maqsadida tushuntirish hamda ogohlantirish suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida mazkur illatlarning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, ularning oldini olish bo‘yicha amaldagi qonunchilik talablari hamda har bir pedagogning mas’uliyati xususida batafsil ma’lumot berildi. Ishtirokchilarga ogohlik, hushyorlik va daxldorlik tuyg‘usini kuchaytirish zarurligi alohida ta’kidlandi.

 

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow