Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Aziz va betakror ayollar!

Main page
2026-03-08
5599

Barchangizni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman!
Sizdagi mehr va donolik hayotning eng go‘zal va sof qudratidir. Har bir qadamingiz bilan dunyoni yanada nurli, yanada go‘zal qilasiz. Sizning sabr-toqatingiz, mehnatingiz va zukkoligingiz tufayli oilalarimiz baxtli, jamoalarimiz mustahkam.
Yetakchi bo‘lasizmi, ijodkor, ta’lim beruvchi yoki hayotni o‘z fidoyiligi bilan yuksaltiruvchi ayol bo‘lasizmi – siz har qanday vaziyatda kuch va ilhom manbai bo‘lib, jamiyatimiz taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shasiz.
Sizning mehnatingiz, ma’naviyatingiz va jasoratingiz har birimizni yangi marralarga intilishga undaydi. 
Yana bir bor barchangizni ushbu bayram bilan samimiy muborakbod etaman! 
Hayotingiz doimo baxt, quvonch va yorqin onlarga boy bo‘lsin.

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow