Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Samarqand davlat pedagogika instituti talabalari xalqaro tanlov g‘olibi bo‘ldi

Event
2026-02-26
132

Moskva Jurnalistlar uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan «Rus tilida — gapiramiz, yozamiz, o‘ylaymiz!» xalqaro tanlovida Samarqand davlat pedagogika instituti tillar fakulteti rus tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi talabalari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Talabalar fanlar bo‘yicha tayyorlagan videoroliklari va mustaqil ijodiy ishlari bilan tanlovda faol ishtirok etdilar. Nufuzli tanlovda turli davlatlardan tele-radio kompaniyalar, bosma nashrlar, axborot agentliklari, blogerlar hamda ta’lim muassasalari vakillari qatnashdi.
G‘oliblarni taqdirlash marosimi may oyida Moskva shahrida o‘tkaziladigan «XXI asr jurnalistikasi — raqobat va hamjihatlik. Rus tili birlashtiradi!» konferensiyasi doirasida bo‘lib o‘tadi.

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow