Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Bugun Samarqand davlat pedagogika instituti milliy g‘oya va falsafa kafedrasi mudiri, falsafa fanlari doktori, professor Yaxshilikov Jo‘raboy Yaxshilikovichning tavallud kuni.

Event
2026-02-25
5604

Jo‘raboy Yaxshilikovich ko‘p yillik faoliyati davomida milliy g‘oya va falsafa fanlarini rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish hamda yoshlarni yuksak ma’naviyat, keng dunyoqarash va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘lida samarali mehnat qilib kelmoqda. Uning ilmiy-pedagogik faoliyati va tashkilotchilik salohiyati jamoa hamda ilmiy hamjamiyat tomonidan yuksak e’tirof etilgan.
Hurmatli ustozimizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, ilmiy-ijodiy yutuqlar va oilaviy farovonlik tilaymiz.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow