Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Bugun, 25-fevral kuni Samarqand davlat pedagogika institutida institut rektori, professor Shahzoda Negmatova rahbarligida navbatdagi ishchi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Main page
2026-02-25
5608

Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq, dastlab davlatimiz rahbarining yoshlar bilan o‘tkazgan muloqotida belgilangan ustuvor vazifalar hamda topshiriqlar mazmun-mohiyati keng muhokama qilindi. Ularning ijrosini ta’minlash, amaliy natijadorlikka erishish va tizimli yondashuvni kuchaytirish masalalari yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Shuningdek, o‘tgan ishchi apparat yig‘ilishida berilgan topshiriqlarning bajarilish holati bo‘yicha mas’ul rahbarlarning hisobotlari tinglandi.
Yig‘ilishda bitiruvchilar bandligini ta’minlash, ularni ishga joylashtirish jarayonlarini samarali tashkil etish, ish beruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, ilmiy-tadqiqot faoliyati ko‘lamini oshirish va ilmiy natijadorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.
Yig‘ilish yakunida yangi hafta davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar belgilab olinib, ularning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan zarur topshiriqlar berildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow