Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Samarqand davlat pedagogika instituti STEAM laboratoriyasida navbatdagi seminar-trening o‘tkazildi.

Event
2026-02-23
5632

Mashg‘ulot kurs mentori Feruza Xamroyeva hamda kurs a’zosi Davron Juraxujayev tomonidan “Kuchli savol (Driving Question)ni shakllantirish va loyiha mavzusini tanlash. Fanlararo integratsiyani loyihalash” mavzusida olib borildi.
Seminar davomida ishtirokchilar nazariy bilimlarini amaliy mashqlar orqali mustahkamladi. Interaktiv faoliyatlar jarayonida an’anaviy yopiq savollarni muammoli, tahlil va izlanishni talab etuvchi kuchli savollarga aylantirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar shakllantirildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow