Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Hayotimiz guli, oftobi – ayol

Event
2024-03-07
4551

     Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika institutida “8-mart –Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. 

     Dastlab, institut rektori Shahzoda Negmatova qutlugʻ ayyom munosabati bilan barcha ayollarimizni samimiy tabrikladi. 

     Jamiyatimizda, xususan, institutda ham ularning oʻrni muhim ekanligi ta’kidlandi. 

     Shundan soʻng, ilmda, institut ma’naviy-ma’rifiy hayotida faol boʻlgan ayol professor-oʻqituvchilar, xodimalarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

     Institut orkestr jamoasi tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, kuy-qoʻshiqlar, raqslarga ulanib ketdi.

     Tadbir bayramona ruhda, koʻtarinki kayfiyatda oʻtkazildi

 

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow