Contact us right now: +998958268212

Follow
Yangiliklar
Maktabgacha ta’limda sanogen refleksiyani rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan uslubiy seminar o‘tkazildi

Event
2026-02-21
5706

Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim nazariyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–289-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand shahridagi 62-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida uslubiy seminar o‘tkazdi.
Seminarda “Tarbiyachilarda sanogen refleksiyani rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusida ma’ruza qilinib, ishtirokchilarga zarur metodik tavsiyalar hamda amaliy ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, maktabgacha ta’limning dolzarb masalalari muhokama qilinib, sanogen refleksiyani rivojlantirishga qaratilgan interfaol metodlar va amaliy mashg‘ulotlarni pedagoglarni tayyorlash hamda malakasini oshirish jarayoniga tizimli joriy etish muhimligi ta’kidlandi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow