Contact us right now: +998(95) 500 03 84

The website is operating in test mode
Follow
Yangiliklar
Tabiiy fanlar hamda aniq va amaliy fanlar fakultetlarida ta’lim jarayonini samarali tashkil etishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Event
2026-02-19
5637

Seminar o‘quv-uslubiy boshqarma xodimlari ishtirokida tashkil etilib, unda kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati, afzalliklari hamda GPA (talabaning o‘zlashtirish ko‘rsatkichining o‘rtacha bali)ni hisoblash tartibi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Tadbirda boshqarma boshlig‘i Elmurod Ulug‘murodov va uning o‘rinbosari Bahriddin Mamarasulovlar talabalarning savollariga javob berib, ularga amaliy tushuntirishlar berdilar.
Mazkur seminar talabalarning o‘quv jarayonini samarali rejalashtirish, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini oshirish hamda bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Stay updated with our news-

Follow our Telegram channel.

| Follow